Delfinlarni jalb etishning g’aroyib usuli (video)

0 490

Amerikaning Florida shtatidagi Orlando shahrida yashovchi qiz delfinlarni jalb qilishda oddiy taroqdan foydalandi. Daily Mail taqdim etgan video shundan dalolat beradi.

Qizchaning oila a`zolari tomonidan olingan videoda u taroqni rezervuar shishasiga yaqinlashtiradi va uning “tishlari”ga tegib o’ziga xos tovush chiqaradi. Bunday tovushni eshitgan delfinlar kichik amerikalik qizcha tomon oshiqishdi.

Qizchaning otasi aytishicha, u avval delfinlarni boshqa usullar bilan jalb qilishga harakat qilgan. “U turli o’yinchoqlar, mobil telefondan foydalangan, shishani taqillatgan, turli xatti-harakatlar qilgan”, – deydi u. Delfinlar unga e`tibor qaratishmagan.

Qizcha o’z “muammosi” yechimini internetdan izlagan va taroq bilan bog’liq tryukni topgan. Okeanariumga navbatdagi tashrif davomida u tavsiyaga amal qilib, delfinlarni jalb qilishga muvaffaq bo’lgan.

Если вы нашли ошибку, пожалуйста, выделите фрагмент текста и нажмите Ctrl+Enter.

Оставьте ответ

Ваш электронный адрес не будет опубликован.

Сообщить об опечатке

Текст, который будет отправлен нашим редакторам: