Klaster — kelajak usuli

0 666

Qiziltepa tumanidagi “Kubaro Diyor” ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaligi 2006 yilda tashkil etilgan. O‘tgan davr mobaynida fermer xo‘jaligi shartnomaviy rejalarni ortig‘i bilan bajarib keladi.

Ayni paytda xo‘jalik mirish­kor­lari 39,2 gektar urug‘lik g‘al­la, 28 gektar paxta, 4,2 gek­tar bog‘, 0,3 gektar uzumzorda mehnat qilmoqda. Shuningdek, 2 gektar baliqxonadan 20 tonna­dan ziyod mahsulot yetishtiril­gani, 550 gektardan ziyod yaylov­da 451 bosh qoramol, 2000 bosh­dan ziyod qo‘y-echki boqilayotgan­ligi xo‘ja­lik iqtisodiy imko­niyatlarini yanada kengaytirmoqda.

— Fermerlik aslida tadbir­korlik ekanligini endi tushu­nib yetayapmiz, — deydi xo‘ja­lik rahbari Xurshid Rahmo­nov. — Paxta, g‘alla bo‘yicha shart­nomaviy rejalarni orti­g‘i bilan bajarsak ham daro­mad ololmagan paytlarimiz bo‘ldi. Chunki, rejani orqasi­dan quvib sarf-xarajatni o‘yla­masdik. Buning oqibatida esa iqtisodiy zarar kelib chiqardi. Hozir qilgan mehnatga yarasha daromad oladigan davr keldi. Sohada innovatsion g‘oya­lar asosida xarajatni kamay­tirib, yuqori hosil olish usti­da muntazam izlanishlar olib borayapmiz. O‘tgan yili 500 mil­lion so‘mdan ziyod daro­mad qilganimiz sa’y-harakat­la­rimiz besamar ketmaganidan darak beradi. Albatta, bu mab­lag‘ni xo‘jaligimiz moddiy-texnika bazasini mustahkam­lash­ga, ishchi-xodimlarning manfaatdorligini oshirishga sarflaymiz. Aytgancha, tumani­mizda paxta yetishtirishning klaster usuli joriy etilgan­ligi ham bu yil daromadimiz­ga daromad qo‘shdi. O‘tgan yili paxtani 1 kilogramm paxtani 1500 so‘mdan sotgan bo‘lsak, bu yil tumanimizda yangi usulda meh­nat qilib, 2200 so‘mdan sot­dik. 2017 yilda yetishti­rilgan 150 tonna hosilning o‘zidan olgan daromadimiz 100 million so‘mdan ziyod bo‘ldi. Ushbu qo‘­shimcha mablag‘ hisobiga joriy yilda ekinlar hosil­dorligini yanada oshiramiz, qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratamiz.

Klaster — bu ekin ekishdan tortib, tayyor mahsulot ishlab chiqarishgacha bo‘lgan ja­rayonni o‘z ichiga oladigan ti­zim ekanligini inobatga olsak, uni qishloq xo‘jaligining barcha sohalarida qo‘llash mumkin. Bir so‘z bilan aytganda, Preziden­timiz tomonidan joriy etila­yotgan klaster usuli fermer­likning kelajagi ekanligini mana bizning misolimizda ko‘rish mumkin.

Baxtiyor TOSHNAZAROV,

“Do‘stlik bayrog‘i” muxbiri.

Если вы нашли ошибку, пожалуйста, выделите фрагмент текста и нажмите Ctrl+Enter.

Оставьте ответ

Ваш электронный адрес не будет опубликован.

Сообщить об опечатке

Текст, который будет отправлен нашим редакторам: