Mutafakkir ijodi yoshlar talqinida

0 556

G’azal mulkining sultoni Alisher Navoiy tavalludining 577 yilligi munosabati bilan viloyatimizning barcha ta’lim muassasalari va tashkilotlarida yuqori saviyada o‘tkazilayotgan tadbirlar davom etmoqda.

Ana shunday kechalardan biri Navoiy shahri­dagi 16-davlat ixtisoslashtirilgan umumiy o‘rta ta’lim maktabida ham o‘tdi. Imkoniyati cheklangan, uyda yakka tartibda ta’lim oluvchi hamda boshlang‘ich sinf o‘quvchilari ishtirokida “Abadiy yashay­di buyuk siymolar” shiori ostida tashkil etilgan tadbirda buyuk mutafakkir hayoti va ijodi haqida so‘z yuritildi.

Iqtidori, qobi­liya­ti bilan tengdoshlaridan qolishmaydigan bu o‘quvchilar shoir ijodidan yod olgan g‘azallari, ruboiylari, hikmatli so‘zlar­dan namunalar aytib, yig‘ilganlarning e’ti­borini qozonish­di. Ayniqsa, ular namoyish etgan “Non isi” rivoyati asosida tayyorlangan sahna ko‘rinishi, kuy va raqslar barchaga manzur bo‘ldi. Tadbir so‘ngida faol ishtirokchilarga maktab ma’muriyati tomonidan faxriy yorliqlar topshirildi.

O‘z muxbirimiz.

Если вы нашли ошибку, пожалуйста, выделите фрагмент текста и нажмите Ctrl+Enter.

Оставьте ответ

Ваш электронный адрес не будет опубликован.

Сообщить об опечатке

Текст, который будет отправлен нашим редакторам: