Об издании

“Do‘stlik bayrog‘i” va “Знамя дружбы” gazetalari 1983 yilda xalq deputatlari Navoiy viloyati va Navoiy shahri Kengashlari nashri sifatida tashkil etilgan.

Viloyat hokimining 2011 yil 9 fevraldagi Q-29-sonli qarori bilan “Do‘stlik bayrog‘i” va “Знамя дружбы” gazetalari tahririyati davlat korxonasi sifatida qayta ro‘yxatdan o‘tgan.

Muassis: Navoiy viloyati hokimligi.

Bosh muharrir – Pirnafasov Bektemir Saidovich.

Gazeta sahifalarida yoritiladigan mavzularning asosiy yo‘nalishi – ijtimoiy-siyosiy sohalar. Shuningdek, mamlakat va jamiyat hayotidagi eng muhim masalalar, iqtisodiy, huquqiy, ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishlardagi materiallar yoritib boriladi. Dolzarb mavzularda davra suhbatlari, reydlar tashkil etiladi. Ikki gazeta tahririyatida 58 nafar xodim ishlaydi.

Tahririyatlar 2009 yil avgustidan Navoiy viloyat hokimi tashabbusi bilan yangidan qurilgan “Matbuot uyi” binosida ish boshladi. Shu yildan boshlab “Do‘stlik bayrog‘i” va “Знамя дружбы” gazetalari tahririyati davlat korxonasining matbaa bo‘limi faoliyati yo‘lga qo‘yilgan. Zamonaviy texnologiyalar bilan ta’minlangan bosmaxonada bugungi kunda viloyatimiz, Samarqand va Buxoro viloyatlarining 26 ta gazyetasi chop etilmoqda.

Matbaa bo‘limida 9 nafar mutaxassis ishchi-xodim faoliyat yuritmoqda.

Har ikki gazetaning alohida saytlari bor. “Do‘stlik bayrog‘i” gazetasining dustlikbayrogi.uz sayti 2005 yilda tashkil etilgan. Gazetaning har bir yangi soni chiqqach, saytda “Yangiliklar”, “Siyosat, iqtisod”, “Qaror va ijro”, “Ma’naviyat”, “Ta’lim”, “Qonun va huquq”, “Sog‘liqni saqlash”, “E’tirof”, “Qishloq xo‘jaligi”, “Oramizdagi odamlar”, “Madaniyat va sport” singari ruknlardagi materillar joylashtirib boriladi.

Biz erishgan yutuqlar:

Xurshida Narziyeva – “Zulfiya” nomidagi davlat mukofoti (2004).

Jumamurot Mirzayev – O‘zbekiston Badiiy Akademiyasi, O‘zbekiston Oqsoqollar Kengashi, “Mahalla” jamg‘armasi respublika boshqaruvi hamkorligida tashkil etilgan ko‘rgazmada diplom (2008).

O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Respublika xalq ijodiyoti va madaniy-ma’rifiy ishlar ilmiy-metodik markazi tomonidan Faxriy yorliq (2009).

Isroil Xolboyev – O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist (2012).

Ozod Mustafoyev – “Eng faol yosh jurnalist” viloyat tanlovi Gran-pri sohibi (2012).

Zulfiya Boboyeva – “Yilning eng faol yosh jurnalisti – 2012” ko‘rik-tanlovi matbuot yo‘nalishi bo‘yicha 3-o‘rin sohibasi.

Gazetalarimiz 2016 yilda XI «Oltin qalam Mil­­liy tanlovining sovrindori.

Если вы нашли ошибку, пожалуйста, выделите фрагмент текста и нажмите Ctrl+Enter.

Сообщить об опечатке

Текст, который будет отправлен нашим редакторам: