Ta’lim tizimidagi islohotlar

0 1 155

Mamlakatimizda yosh avlodni har tomonlama barkamol etib tarbiyalashdek ustuvor vazifa ekanligi ularga yanada keng imkoniyatlar yaratish yo‘lida olib borilayotgan islohotlarda o‘z aksini topmoqda. Ayniqsa, uzluksiz ta’lim, kasb-hunarni rivojlantirishga e’tibor yigit-qizlarning jamiyatda muhim o‘rin egallashlari uchun ko‘mak beryapti.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 25 yan­­vardagi “Umumiy o‘rta, o‘r­ta maxsus va kasb-hunar ta’­li­mi tizimini tubdan tako­mil­lashtirish chora-tadbir­lari to‘g‘risida”gi farmo­ni ana shu maqsadlarga yo‘­nal­tirilgan edi. Joriy yil­ning 3 fevralida uni ijro etish yuzasidan davlatimiz rahba­rining “O‘zbekiston Respub­lika­si Oliy va o‘rta maxsus ta’­lim vazirligi­ning o‘rta max­sus, kasb-hunar ta’limi mar­kazi faoliya­ti­ni tako­mil­lashtirish to‘g‘ri­si­da”gi qa­rori e’lon qi­lindi.

Hujjatda O‘zbekiston Res­publikasi Oliy va o‘rta max­sus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’­li­mi mar­ka­zi negizida yangi markaz tashkil etilishi qayd etil­gan. Tasarrufida kasb-hunar kollejlari bo‘l­gan va­zirlik­lar, idoralar, xo‘ja­lik birlashma­lari, ti­jorat bank­la­ri, yirik kor­xo­nalar bi­lan birgalikda so­hada yagona davlat siyo­sa­tini amalga oshi­rish, rivoj­lanti­rish bo‘yicha o‘rta va uzoq mud­datli das­tur­larni hayot­ga tat­biq etish markaz­ning aso­siy vazifala­ridan etib belgilangan. Kasb-hunar kol­lej­larida o‘quv-tarbiya jara­yoniga tashkiliy hamda meto­dik rahbarlik qi­lishni, yuqo­ri professional rahbar­lar, pedagog kadrlar­ni tan­lash, ular mehnatini rag‘bat­lanti­rish ishlarini tizimli asos­da tashkil etish ham reja­lash­ti­rilmoqda.

Qaror asosida viloyatimiz­dagi madaniyat va san’at ham­da olimpiya zaxiralari kol­lejlari bitiruvchilarga dav­lat namunasidagi diplom beriladigan ixtisoslashti­ril­gan maktab hamda maktab-internatlariga aylantiri­ladi. Bundan buyon kasb-hunar kollejlari vazirlik va ido­ralar, xo‘ja­lik birlash­mala­ri, tijorat banklari hamda yirik korxo­nalarga, buyurt­ma­chi ish be­ruvchi tashkilot­lar­ga bi­rik­ti­riladi. Ko‘p tarmoqli kasb-hunar kollej­lari tashkil etilib, ular­dagi har bitta tayyorlov yo‘nalishi bo‘yicha rivojla­nish konsepsiyasi tuziladi.

Shuningdek, mazkur qarorda belgilangan muddatlarda kasb-hunar ta’limi to‘g‘risi­da­gi nizom, uning yo‘nalish­lari, mutaxassisliklari va kasblar klassifikatori, kol­lejlarda davlat granti aso­sida ta’lim olgan bitiruv­chi­larni, ularning egallagan kas­bi bo‘yicha hududlarda ka­mida uch yil ishlab berishni nazar­da tutuvchi nizom hamda o‘quv­chilarni o‘qishga qabul qilish tartibi ishlab chiqiladi.

Nizomga ko‘ra, muassasa­lar­ga o‘zini o‘zi qoplashini ta’­minlash maqsadida belgilan­gan tartibda ta’lim xizmat­lari ko‘rsatilishiga, tad­bir­korlik faoliyati, innova­sion va boshqa ishlab chiqa­rish turlarini yo‘lga qo‘yish­da ama­liy yordam berish na­zarda tutilgan.

O‘ylaymizki, mazkur qaror yigit-qizlarimizning kasb-hunar egallashi va bandligi ta’minlanishida muhim man­ba bo‘lib xizmat qiladi.

B. HOSILOV,

viloyat o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari.

Если вы нашли ошибку, пожалуйста, выделите фрагмент текста и нажмите Ctrl+Enter.

Оставьте ответ

Ваш электронный адрес не будет опубликован.

Сообщить об опечатке

Текст, который будет отправлен нашим редакторам: