Tadbirkorlik subyektlari soliqdan ozod qilindi

0 473

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2017 yil 29 sentyabrda qabul qilingan “Navoiy viloyatining Tomdi, Uchquduq, Konimex, Nurota tumanlari va Zarafshon shahrini kompleks rivojlantirish hamda aholisi bandligini ta’minlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori markazdan olisda yashayotgan odamlar hayotida taraqqiyotning yangi bosqichini boshlab berdi. Chunki mazkur qaror olis cho‘l hududlari aholisi uchun munosib turmush sharoiti yaratish orqali ertangi kunga ishonchini mustahkamlamoqda.

Huquqiy hujjatga ko‘ra, Ko­nimex tumanida yangi tashkil etil­gan 50 ta yuridik, 52 ta yakka tartibdagi tadbirkor­lik subyektlari barcha tur­dagi soliqlardan ozod etil­di, maktabgacha va maktabdan tashqari ta’lim muassasa­laridagi mashg‘ulotlar uchun to‘lov miqdori 50 foizga qisqartirildi.

Vazirlar Mahkamasi tomo­nidan tasdiqlangan dasturga asosan esa o‘tgan yilda tumanda sanoat yo‘nalishida 5 ta, maishiy xizmat ko‘rsatish va servis sohasini rivoj­lan­tirish bo‘yicha 8 ta va qish­loq xo‘jaligida 1 ta lo­yi­ha ishga tushirilib, 96 ta yangi ish o‘rni yaratildi.

Bundan tashqari, hududga turistlarni keng jalb qi­lish va ekoturizmni rivoj­lantirish maqsadida keng ko‘­lamli ishlar amalga oshi­rilmoqda. Jumladan, mehmon uylari (o‘tovlar) tashkil qi­lish bo‘yicha “Konimex Qizil­qum shubat” mas’uliyati chek­langan jamiyatiga 27 ming gektar yer ajratildi. Bu yerga 1000 bosh tuya olib kelinishi va ekoturizmni rivojlan­tirish ko‘zda tutilmoqda.

— Prezidentimizning maz­kur qarori olis cho‘l hudud­larida yashayotgan biz chorva­dorlarga katta imkoniyatlar yaratmoqda, — deydi “Eltoy-Kumush-Sur” MCHJ ish boshqaruvchisi I. Bobonov. — Xususan, minglab gektar bepoyon saksovulzorlarda tuyalar bosh soni ortishi, qo‘y-echkilarning ko‘payishi yangi ish o‘rinlari yaratish bilan birga aholi daromad­larini ham oshirishga xiz­mat qilayotir. Viloyat marka­zidan kamida 150 kilometr uzoqlikda joylashgan ovuli­mizdagi qay bir xonadonga kirmang, to‘kinlik va faro­vonlikning guvohi bo‘lasiz.

Shuningdek, “Jahon Biznes Baraka” jamiyati 10,6 mil­liard va “Muhammad Rizo” MCHJ tomonidan 10,7 mil­liard so‘mlik gidroponika usulida zamonaviy issiqxo­na tashkil etish rejalashti­rilgan. Bundan tashqari, “Konimex baliqchi” fermer xo‘jaligi tomonidan 200 gek­tar maydonda umumiy qiy­mati 7 milliard so‘mlik ba­liqchilikni tashkil etish loyi­halarini amalga oshi­rish belgilanganligi bu bo­ra­dagi ishlarning uzviy davom ettirilayotganidan dalolat.

Xurshida NARZIYEVA,

“Do‘stlik bayrog‘i” muxbiri.

Если вы нашли ошибку, пожалуйста, выделите фрагмент текста и нажмите Ctrl+Enter.

Оставьте ответ

Ваш электронный адрес не будет опубликован.

Сообщить об опечатке

Текст, который будет отправлен нашим редакторам: