Xitoyda Hongkong va Makao o’rtasida dunyodagi eng uzun dengiz ko’prigi paydo bo’ldi: uning uzunligi 55 kilometr. «Meduza» xabariga ko’ra, u transport vositalari uchun 2018 yilning ikkinchi yarmida ochiladi.
Fevral oyida davlat komissiyasi uni sinovdan o’tkazish uchun ruxsat berdi. U Hongkong, Chjuxay va Makaoni bog’lab, Hongkong hamda Chjuxay o’rtasidagi masofani 3 soatdan 30 daqiqagacha qisqartirdi.
Ushbu inshoot o’z ichiga uchta sun`iy orol va suvosti tonnelini qamrab olgan. Ko’prik qurilishi sakkiz yil davom etdi.
Loyihaning qiymati 110 milliard yuan (taxminan 16 milliard dollar)ga baholanmoqda. Uning yaratuvchilari so’zlariga ko’ra, ko’prik 8 ballik zilzilaga bardosh bera oladi va kamida 120 yil xizmat qilishi kerak.
Если вы нашли ошибку, пожалуйста, выделите фрагмент текста и нажмите Ctrl+Enter.